Xizmatlar
Veb-saytdan tortib mobil ilova, Telegram bot, CRM va AI yechimlargacha — g'oyadan ishga tushirishgacha bitta dasturchi, to'liq mas'uliyat.
Veb-sayt yaratish
Mijoz olib keladigan sayt — shunchaki chiroyli sahifa emas. Tez yuklanadigan, telefonda qulay, Google va Yandex'da chiqadigan va arizalarni to'g'ridan-to'g'ri Telegramingizga yuboradigan sayt yaratib beraman.
Klinika uchun sayt va CRM
Bemorlar sizni internetda topadi, qabulga yoziladi, xodimlar esa har bir mijozni, seansni va to'lovni bitta tizimda yuritadi. Daftar va Excel o'rniga — tartibli, tez va xavfsiz raqamli klinika.
Telegram bot yaratish
O'zbekistonda mijozlaringiz Telegramda. Buyurtma qabul qiladigan, to'lov oladigan, savollarga 24/7 javob beradigan va hammasini admin panelda ko'rsatadigan bot — xodimsiz ishlaydigan sotuvchi.
Onlayn do'kon yaratish
Mahsulotlaringizni kechayu kunduz sotadigan do'kon: qulay katalog, tez to'lov, buyurtmalar darhol Telegramingizga va barcha savdo nazorati bitta admin panelda.
Mobil ilova yaratish
G'oyadan App Store va Google Play'gacha: dizayn, ishlab chiqish, backend, push-bildirishnomalar va do'konlarga joylash. Mening ilovalarim — Kutma Go va FX13 — App Store'da ishlayapti.
CRM va admin panel
Excel, daftar va o'nlab Telegram chatlar o'rniga — biznesingiz qanday ishlasa, aynan shunday ishlaydigan bitta tizim. Mijozlar, buyurtmalar, xodimlar va hisobotlar real vaqtda bir joyda.
AI chatbot va sun'iy intellekt
Mijozlaringiz savoliga 24/7, bir necha tilda va faqat sizning ma'lumotlaringiz asosida javob beradigan AI yordamchi. Support xarajatlarini kamaytiradi, birorta ham mijozni yo'qotmaysiz.