iOS va Android uchun mobil ilova yaratish
G'oyadan App Store va Google Play'gacha: dizayn, ishlab chiqish, backend, push-bildirishnomalar va do'konlarga joylash. Mening ilovalarim — Kutma Go va FX13 — App Store'da ishlayapti.
Telegramda yozishKimlar uchun
- Mijozlariga qulay ilova bermoqchi bo'lgan bizneslar
- Mobil mahsulot bilan boshlayotgan startaplar
- Navbat, buyurtma, yetkazib berish va bron xizmatlari
- Mavjud veb-xizmatini mobilga olib chiqmoqchi bo'lganlar
Nimalar kiradi
iOS va Android bitta kodda
React Native — ikkala platforma uchun tez va tejamkor ishlab chiqish.
Backend va admin panel
Server, ma'lumotlar bazasi va ilovani boshqarish uchun veb-panel.
Push-bildirishnomalar
Mijozlarni muhim voqealar haqida darhol xabardor qilish.
Do'konlarga joylash
App Store va Google Play'ga joylash, ko'rib chiqishdan o'tkazish va yangilanishlar.
Ish jarayoni
- 01
Suhbat
Maqsad, auditoriya va kerakli funksiyalarni aniqlaymiz. Bepul.
- 02
Reja va dizayn
Tuzilma, muddat va narxni kelishamiz, dizayn maketini tasdiqlaysiz.
- 03
Ishlab chiqish
Har bosqichda natijani ko'rib borasiz, o'zgarishlarni darhol kiritaman.
- 04
Ishga tushirish
Domen, hosting, SEO va o'rgatish — keyin ham qo'llab-quvvatlayman.
Shu yo'nalishdagi loyihalarim
Ko'p so'raladigan savollar
Mobil ilova yaratish qancha vaqt oladi?
+
7 kunda to'liq ishlaydigan birinchi versiya (MVP) tayyor bo'ladi. Murakkab ilovalarni keyin bosqichma-bosqich kengaytiramiz — har bosqich uchun aniq reja beraman.
App Store'ga joylashda yordam berasizmi?
+
Ha, hisob ochishdan tortib Apple ko'rib chiqishidan o'tishgacha — hammasini qilaman.
iOS va Android uchun alohida to'lash kerakmi?
+
Yo'q, React Native bilan bitta kod bazasi ikkala platformada ishlaydi.
Qanday ilovalar qilgansiz?
+
Kutma Go (raqamli navbat), Kutma Business va FX13 AI Trading Signals — App Store'da mavjud.
Loyihangizni muhokama qilamiz
Telegramga yozing — 24 soat ichida javob beraman va loyihangiz bo'yicha bepul maslahat beraman.
Telegramda yozish · @rakhim_dev
