Biznes uchun veb-sayt yaratish

Mijoz olib keladigan sayt — shunchaki chiroyli sahifa emas. Tez yuklanadigan, telefonda qulay, Google va Yandex'da chiqadigan va arizalarni to'g'ridan-to'g'ri Telegramingizga yuboradigan sayt yaratib beraman.

Telegramda yozish

Kimlar uchun

  • Xizmat ko'rsatuvchi bizneslar: klinika, o'quv markaz, salon, servis
  • Yangi mahsulot yoki xizmatni sotish uchun landing page kerak bo'lganlar
  • Eski, sekin yoki telefonda noqulay saytini yangilamoqchi bo'lganlar
  • Startaplar va shaxsiy brend (portfolio, ekspert sayti)

Nimalar kiradi

Individual dizayn

Shablon emas — brendingizga mos, zamonaviy va konversiyaga yo'naltirilgan dizayn.

SEO va tezlik

Google va Yandex uchun texnik SEO, meta teglar, sitemap, strukturalangan ma'lumotlar va 1 soniyagacha yuklanish.

Arizalar Telegramga

Sayt orqali kelgan har bir ariza darhol Telegramingizga yoki admin panelga tushadi.

Ko'p tillilik

O'zbek, rus va ingliz tillari — har bir til uchun alohida SEO.

Ish jarayoni

  1. 01

    Suhbat

    Maqsad, auditoriya va kerakli funksiyalarni aniqlaymiz. Bepul.

  2. 02

    Reja va dizayn

    Tuzilma, muddat va narxni kelishamiz, dizayn maketini tasdiqlaysiz.

  3. 03

    Ishlab chiqish

    Har bosqichda natijani ko'rib borasiz, o'zgarishlarni darhol kiritaman.

  4. 04

    Ishga tushirish

    Domen, hosting, SEO va o'rgatish — keyin ham qo'llab-quvvatlayman.

Texnologiyalar:Next.jsReactTypeScriptTailwind CSSNode.jsSEO

Ko'p so'raladigan savollar

Sayt yaratish qancha vaqt oladi?

+

7 kun ichida. Landing page ham, korporativ sayt ham 7 kunda tayyor bo'lib, internetda ishlaydi. Birinchi kuni aniq reja tuzamiz va har kuni natijani ko'rib turasiz.

Sayt narxi qancha?

+

Narx sahifalar soni, dizayn murakkabligi va qo'shimcha funksiyalarga bog'liq. Telegramga loyihangiz haqida yozing — bepul baholab, aniq narx aytaman.

Sayt Google'da chiqadimi?

+

Ha. Har bir saytga texnik SEO qo'yaman: tezlik, meta teglar, sitemap, Google Search Console va Yandex Webmaster'ga ulash. Raqobatli so'rovlarda o'sish uchun kontent strategiyasi bo'yicha ham maslahat beraman.

Saytni keyin o'zim o'zgartira olamanmi?

+

Ha. Kerak bo'lsa admin panel qo'shaman — matn, rasm, narx va yangiliklarni dasturchisiz o'zgartirasiz.

Loyihangizni muhokama qilamiz

Telegramga yozing — 24 soat ichida javob beraman va loyihangiz bo'yicha bepul maslahat beraman.

Telegramda yozish · @rakhim_dev