CRM tizimi va admin panel yaratish
Excel, daftar va o'nlab Telegram chatlar o'rniga — biznesingiz qanday ishlasa, aynan shunday ishlaydigan bitta tizim. Mijozlar, buyurtmalar, xodimlar va hisobotlar real vaqtda bir joyda.
Telegramda yozishKimlar uchun
- Mijozlar va buyurtmalarni Excel'da yuritayotgan bizneslar
- Filiallari va xodimlari ko'p kompaniyalar
- Navbat, bron va qabul tizimi kerak bo'lgan xizmatlar
- Mavjud sayt yoki ilovasi uchun boshqaruv paneli kerak bo'lganlar
Nimalar kiradi
Mijozlar bazasi
Har bir mijoz tarixi, izohlar, holatlar va eslatmalar.
Xodimlar va rollar
Har bir xodimga alohida huquq, filiallar bo'yicha nazorat.
Hisobot va statistika
Tushum, konversiya, xodimlar samaradorligi — grafik va jadvallarda.
Integratsiyalar
Telegram bildirishnomalar, to'lov tizimlari, SMS va boshqa servislar.
Ish jarayoni
- 01
Suhbat
Maqsad, auditoriya va kerakli funksiyalarni aniqlaymiz. Bepul.
- 02
Reja va dizayn
Tuzilma, muddat va narxni kelishamiz, dizayn maketini tasdiqlaysiz.
- 03
Ishlab chiqish
Har bosqichda natijani ko'rib borasiz, o'zgarishlarni darhol kiritaman.
- 04
Ishga tushirish
Domen, hosting, SEO va o'rgatish — keyin ham qo'llab-quvvatlayman.
Ko'p so'raladigan savollar
Tayyor CRM'dan nimasi yaxshi?
+
Ortiqcha funksiyalar yo'q, keraklilari aynan sizning jarayoningizga moslangan, foydalanuvchi soniga qarab oylik to'lov yo'q.
Qancha vaqt oladi?
+
Ishlaydigan asosiy versiya 7 kunda topshiriladi. Keyin tizimni bosqichma-bosqich kengaytiramiz.
Navbat tizimi ham qilasizmi?
+
Ha — Kutma Go raqamli navbat ekotizimi (mijoz ilovasi, xodimlar ilovasi va admin panel) mening loyiham.
Ma'lumotlarni eski tizimdan ko'chirasizmi?
+
Ha, Excel yoki boshqa tizimlardan ma'lumotlarni import qilib beraman.
Loyihangizni muhokama qilamiz
Telegramga yozing — 24 soat ichida javob beraman va loyihangiz bo'yicha bepul maslahat beraman.
Telegramda yozish · @rakhim_dev

