Biznes uchun Telegram bot yaratish
O'zbekistonda mijozlaringiz Telegramda. Buyurtma qabul qiladigan, to'lov oladigan, savollarga 24/7 javob beradigan va hammasini admin panelda ko'rsatadigan bot — xodimsiz ishlaydigan sotuvchi.
Telegramda yozishKimlar uchun
- Do'konlar va yetkazib berish xizmatlari — buyurtma boti
- Xizmat ko'rsatuvchilar — qabulga yozilish boti
- Onlayn kurslar va kanallar — obuna va to'lov boti
- Ko'p savol keladigan bizneslar — AI support bot
Nimalar kiradi
Buyurtma va katalog
Mahsulotlar katalogi, savat, manzil va yetkazib berish — hammasi bot ichida.
Onlayn to'lov
Payme, Click va boshqa to'lov tizimlari bilan integratsiya.
AI javoblar
Sun'iy intellekt sizning ma'lumotlaringiz asosida mijozlarga 24/7 javob beradi.
Admin panel
Buyurtmalar, foydalanuvchilar, xabar yuborish (rassilka) va statistika — veb-panelda.
Ish jarayoni
- 01
Suhbat
Maqsad, auditoriya va kerakli funksiyalarni aniqlaymiz. Bepul.
- 02
Reja va dizayn
Tuzilma, muddat va narxni kelishamiz, dizayn maketini tasdiqlaysiz.
- 03
Ishlab chiqish
Har bosqichda natijani ko'rib borasiz, o'zgarishlarni darhol kiritaman.
- 04
Ishga tushirish
Domen, hosting, SEO va o'rgatish — keyin ham qo'llab-quvvatlayman.
Shu yo'nalishdagi loyihalarim
Ko'p so'raladigan savollar
Telegram bot yaratish qancha vaqt oladi?
+
7 kun ichida — oddiy bot ham, to'lov va admin paneli bor bot ham 7 kunda ishga tushadi. Oddiy botlar ko'pincha undan ham tezroq tayyor bo'ladi.
Bot narxi qancha?
+
Funksiyalarga bog'liq: menyu va arizalar boti arzonroq, to'lov, CRM va AI qo'shilsa narx oshadi. Telegramga yozing — bepul baholayman.
Bot o'zbek va rus tilida ishlaydimi?
+
Ha, bir nechta tilni qo'llab-quvvatlaydi — foydalanuvchi o'zi tanlaydi.
AI bot qanday ishlaydi?
+
Bot sizning bilimlar bazangiz (narxlar, FAQ, hujjatlar) asosida javob beradi. Javob topolmasa, savolni operatorga yuboradi — ChatRa AI shunday ishlaydi.
Loyihangizni muhokama qilamiz
Telegramga yozing — 24 soat ichida javob beraman va loyihangiz bo'yicha bepul maslahat beraman.
Telegramda yozish · @rakhim_dev